Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Real»ga qaytishi to'g'risida turli mish-mishlar yangramoqda.
Himnus Football huquqshunosi Toni Rok ushbu transferdan futbolchining katta miqdorda zarar ko'rishini hisoblab chiqdi.
«Agar Krishtianu Ispaniya qaytadigan bo'lsa u soliqlar hisobidan ancha miqdorda zarar ko'rishi mumkin. Italiyada bu jarayon ancha engil. Madridda soliqlar bu erga solishtirganda 100 barobar yuqoriroq.
A Seriyada o'ynab turib 225 ming evro to'laydigan Ronaldu Ispaniyada bu summani 20 millionga ko'tarishiga to'g'ri keladi. Buning ustiga uning maoshini ham hisobga olish kerak», - deydi Rok.