“O'ylashimcha, jarohat bilan bog'liq muammo Evropa chempionati boshlanishidan oldin bartaraf qilinadi. Biroq, aniq javobni Azar tiklanishni boshlaganidan keyingina bila olamiz.
“Real” bilan ziddayatda emasmiz. Azar bo'lajak Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisiga aylanadi. U faoliyati davomida ilgari hech qachon jarohat olmagan. Bu yangilik, haqiqiy zarbadir. Ishonchsizlik bor, ammo Evroda Azarning eng zo'r versiyasini ko'rishimizga aminman”, deydi belgiyaliklar ustozi.