Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland "Real Madrid"ga o'tmoqchi, deya xabar bermoqda Marca "Qirollik klubi" ma'lumotlariga asoslanib.
Shu bilan birga, Madrid klubi norvegiyalikni sotib olish PSJ hujumchisi Kilian Mbappega qaraganda osonroq ekanligiga ishonmoqda, ammo shunday bo'lsada klub Mbappega bo'lgan qiziqishlarini ham saqlab qolmoqchi.
"Borussiya" Erlingni 2022 yilgacha sotishni rejalashtirmagan edi, ammo nemis klubi o'z fikrlarini o'zgartirishi ehtimoldan yiroq emas.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Borussiya" tarkibida 30 o'yin o'tkazdi va 31 gol urgan holda, 8 assistni amalga oshirdi.