Evropa chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi ma'lum. "Real Madrid" yarim ximoyachisi Luka Modrich bu nomga loyiq deb topildi.
Xorvatiyalik futbolchi EChL doirasida "Atalanta"ga qarshi bahsda maydon markazida ajoyib o'yin ko'rsatdi va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
35 yoshli futbolchi bu mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 35 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, ushbu sovrin uchun Kevin De Bryune ("Manchester Siti"), Ngolo Kante ("Chelsi") va Joshua Kimmix ("Bavariya") kabi futbolchilar ham kurashdi.