Evropa chempionlar ligasi-2020/2021 chorak final va yarim final bosqichlariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Musobaqaning o'tgan mavsumdagi finalchilari — "Bavariya" va "Pari Sen-Jermen" klublari bu safar chorak finalda to'qnash keladigan bo'lishdi.
"Real" esa "Liverpul" bilan juftlik hosil qildi.
EChL. Chorak final juftliklari:
1. "MANChESTER SITI" - "BORUSSIYa DORTMUND"
2. "PORTU" - "ChELSI"
3. "BAVARIYa" - "PSJ"
4. "REAL MADRID" - "LIVERPUL'"
Yarim final juftliklari:
3-juftlik g'olibi — 1-juftlik g'olibi
4-juftlik g'olibi — 2-juftlik g'olibi
Finalning nominal mezboni: yarim finaldagi 1-juftlik g'olibi