«Qirollik klubi» yarimhimoyachisi Lukas Vaskes katta ehtimol yozda jamoani tark etadi.
Klub uning o'rniga «Levante» a'zosi Xorxe de Frutosni jamoaga olib kelmoqchi. Marca xabariga ko'ra, valenciyaliklar ham bunga qarshi emas. Qayd etish kerak, Frutos aslida «Real» tarbiyaluvchisi hisoblanib «qaymoqranglilar» uni o'tgan yili 2 millionga sotib yuborgan edi.
Ma'lumot uchun, 24 yoshli Frutos joriy mavsum 30 ta o'yinda maydonga tushib 3 gol muallifiga aylandi.