"Real Sosedad" va Bilbaoning "Atletik" jamoasi ishtirokidagi 2019/20 yilgi Ispaniya kubogi finali bo'sh tribunalar oldida bo'lib o'tadi, deya xabar beradi Ispaniya Qirollik futbol federaciyasining rasmiy sayti.
Bask jamoalarining o'zaro kelishuviga ko'ra mazkur uchrashuvga muxlislar tashrifiga ruhsat berilgan edi. Biroq bugungi yig'ilishdan so'ng o'yinga muxlislarni stadionga kiritmaslik to'g'risida qaror qabul qilindi. Buning boisi esa bahsning Sevilyada o'tkazilishi bo'ldi.
Malumot o'rnida takidlash joiz, final uchrashuvi 4 aprel kuni o'tkaziladi.