Madridning «Real» klubi xavbeki Luka Modrich «Atalanta»ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Anchandan beri bunaqa shiddatli o'yin guvohi bo'magandim. Zidan bizga butun uchrashuv davomida pressingni susaytirmaslikni uqtirdi. Biz ham vazifaning qanchalik jiddiyligini juda yaxshi anglab turardik.
Nihoyat, 2 yillik tanaffusdan so'ng yana chorak final yo'llanmasiga ega chiqdik. Buyogiga uzoqroqqa borishimizga ko'zim etgapti. Yoshim 36 da bo'lsa ham men o'zimni har qachon kuchli his etganman. Chunki Futbolchining yoshi passportda emas, maydonda ko'rinadi. Bizning jamoa titullar yutishga o'ch», - deydi Modrich.