Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hech qachon markaziy hujumchi ro'lida o'ynamasligini aytib o'tdi.
"Men markaziy hujumchi ro'lida o'ynashim mumkin, lekin hech qachon markaziy hujumchi bo'lib qolmayman. "Sporting"da ham "Manchester"da ham men toza qanot futbolchisi edim. Menga qanotlardan dribling ishlatish va jarima maydoniga top oshirish yoqadi. Lekin keyinroq tushinib yetdimki men darvozaga yaqinroq joyda o'ynashim kerak. Shundagina gol kiritish uchun imkoniyat yuzaga keladi." - deydi Ronaldu.