«Inter Mayami» klubi xo'jayini Devid Bekxem «Real» himoyachisi Marseloni jamoasiga olib kelish rejasini o'ylab ko'rmoqda.
Braziliyalik futbolchi Deviddan allaqachon bir yillik taklif qabul qilib olgan. Madridda hozircha Marseloga ishonch bildirilmayapti. Zidan uning o'rinbosari sifatida Mendini ko'proq maydonga tushirmoqda. Shu sababli «qirollik klubi» endi Marseloni sotib yuborishga tayyor.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.