Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramos Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvlaridan o'rin olgan bahsda «Atalanta»ga qarshi o'yinida (3:1) penaltini aniq amalga oshirgan holda raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Ushbu gol Ispaniyalik himoyachining turnirdagi 15-goli sifatida qayd etildi.
Chempionlar Ligasi tarixida faqat «Real»ning sobiq himoyachisi Roberto Karlosgina 16 gol bilan Ramosdan yaxshiroq ko'rsatgichda.
Ma'lumot uchun, Ramos joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 4 gol va 1 assistni yozdirib qo'ygan.