«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida bo'lib o'tgan «Atalanta»ga qarshi javob o'yini (3:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Men yigitlarni tabriklayman. Ular ko'p kuchni olib qo'yadigan raqibga qarshi butun o'yin davomida o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishdi. Biz himoyada ishonchli o'ynashimiz kerak edi va buni amalga oshirdik. Bundan tashqari, to'p nazorati bo'yicha ham o'z o'yinimizni namoyish etdik.
Sapatada yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olmaganda, raqib darvozamizga yaqinlasha olmadi. Odatda «Atalanta» ko'p vaziyat yaratadi, ammo bugun bunday bo'lmadi.
Luka Modrich va Toni Kroos bog'lami bugun ajoyib bo'ldi. Luka 35 yoshda, ammo uning maydondagi harakatlari orqali buni sezish qiyin», — dedi Zidan.