«Real» hujumchisi Karim Benzema Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Atalanta»ga qarshi o'yinda bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, frantsiyalik futbolchi EChLda 17ta kalendar yilida gol muallifiga aylangan uchinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bunday natijani Lionel Messi va Raul qayd etishgan edi.