"Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini Chempionlar Ligasining 1/8 final javob uchrashuvi doirasidagi "Real Madrid"ga qarshi uchrashuv oldidan o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
“Bu yil Chempionlar Ligasida tomoshabinlarsiz uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Afsuski, "Atalanta" muxlislari Evropa bo'ylab sayohat qila olmaydilar. Agar, hozirda pandemiya sabab cheklovlar bo'lmaganda, bugun Madridda haqiqiy futbol bayrami bo'lar edi.
Bergamodagi uchrashuv tarixda qoldi. Biz bo'lajak o'yin haqida o'ylashimiz kerak. "Atalanta" bugungi bahsda faqat g'alaba qozonishni uchun maydonga tushishadi. Biz "Real" bilan munosib tarzda raqobatlashmoqchimiz, shuning uchun bu o'yin haqida ko'proq o'ylash juda muhimdir.
"Atalanta" birinchi bo'limning o'zida umumiy hisobni tenglashtirish uchun harakat qilib ko'ramiz. Ammo "Real"ning bizga qanday o'yin taklif qilishi noma'lum.
Bizning bir nechta rejalarimiz bor va maqsadimiz imkon qadar musobaqada qolishdir.", - dedi Gasperini.