Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. "Real"– "Atalanta", "CHelsi" – "Atletiko" va boshqa uchrashuvlar uchun prevyu

Bugun tunda CHempionlar Ligasi 1/8 finalida javob uchrashuvlari davom ettiriladi.

.
- Yuklab olish

“Real Madrid” –  “Atalanta” (17.03 01:00)

    17 mart oqshomida bizni qiziqarli o'tishi kafolatlangan uchrashuvlar kutib turganiga shubha yo'q. Mana shunday bahslardan biri Madridda bo'lib o'tadi. “Qaymoqranglilar” Bergamodan 1-0 hisobidagi zafar bilan qaytgan bo'lsalar-da, Zidan shogirdlari yaxshigina ter to'kkandi. Javob o'yini ham qizg'in o'tishini taxmin qila olamiz. Birinchidan, “Atalanta” o'z uyida bir kishi kam bo'lgan holatda harakatlandi, yani 17 daqiqada Remo Froyler, Ferlan Mendiga ishlatgan qo'poligi uchun unga hakam tomonidan qizil kartchkaga ko'rsatildi. Agar shu vaziyat ro'y bermaganda, Gasperini jamoasi mutlaqo boshqacha futbol namoyish qilishi ham mumkin edi. Buning ustiga “qirollik klubi” hozirgi davrda juda jozibador ko'rinayotgani yo'q. Keskinlik va shiddat  etishmayapti. Oldinlari ular bunday futbol o'ynashmasdi, hattoki gol o'tkazib yuborishgan paytlarida ham Madrid kutilmaganda vaziyatni g'alaba tomonga burib yubora olishiga ishonardik, chunki yutqazayotgan lahzalarda  doimgidan qo'rqinchli edi, o'sha biz yaqin tarixda bilgan, kuzatgan “Real Madrid”. Biroq muxlislar o'z suyuklilaridan har bir bahsda g'alaba kutishadi. SHuning uchun Ispaniyaning bu klubida to'p tepish doim mushkul, chunki bunga munosibligingni isbotlashing uchun butun dunyodagi futbol ixlosmandlari seni tan olishlari kerak. Yangi tarixni yozish vaqti keldi, ammo hamon eski futbolchilar super qahramon obrazida gavdalanishmoqda. Bazida Ramos yoki Kazimero “Real” joniga ora kirayotgan bo'lsa, oxirgi ikki o'yinda Benzema yana bir bor isbotladiki, jamoda haqiqiy etakchi u. Franciyalikning “Atletiko Madrid” va “Elche”ga qarshi urgan gollari “qirolik klubi”ni chempionlik kurashida saqlab turibdi. CHLda esa yangi zafarli yurishlar tarixini yozish uchun avval “Alfredo di Stefano” stadionida bergamolik futbochilarning “topishmoq”lariga javob berish zarur.

CHempionlar Ligasida ovozi baland chiqayotgan “Atalanta” chorak finalga chiqishni uddalay oladimi? Albatta,oldinda  turgan vazifa Amerikani qayta kashf etish emas. SHunchaki o'z ishlarini yuksak darajadagi “did” bilan bajarishlari shart. Gasperini yigitlari 17 mart oqshomida darajalaridan-da yuqori futbol namoyish etishlari darkor. Aks holda, raqiblarini ajablantira olishmaydi. Imkoniyatlarining yarimtasida ham bitta gol yasab ketishlari lozim va iloji boricha xato qilishmasa, gol o'tkazib qo'yishmasa, barchasi yaxshilik bilan yakunlanishi ehtimoli mavjud. Oson bo'lmasligi aniq, lekin buyuk g'alabalar shunchaki qo'lga kiritilmaydi-da. Dushmaningni er tishlat va qolganlarga shunday de: “Men keldim”.

So'nggi yillarda “Atalanta”ning hurmati butun dunyoda oshib bormoqda. Ayniqsa, CHLni “Yuventus” tark etgach. Buning ustiga “Lacio” Rimda “Bavariya”ni deyarli chorak finalga kuzatib qo'ydi. Italiyalik ishqibozlarning bor diqqat-etibori Bergamo klubiga qaratilishi tabiiy. Nima bo'lgan taqdirda ham ular yaxshigina shuhratga erishib borishmoqda, mag'lubiyatga uchrasalar, bu ixlosmandlar tomonidan fojia yanglig' qabul qilinmasligi kerak, chunki o'zlaridan ancha “katta” raqiblar bilan o'yinda borlarini berishyapti. Xulosa o'rnida, bahsni ko'ring, lazzatlaning deyman.

“Manchester Citi” – "Borussiya" Myonxengladbax (17.03 01:00)

   Ortiqacha savollar kam bo'lgan uchrashuvlardan biri Manchester shahrida o'tkaziladi. Birinchi o'yin Gvardiola shogirdlarining yaqqol ustunligi ostida kechgandi. Katta ehtimol javob bahsida ham “shaharliklar” raqibga imkoniyat qoldirishmasa kerak, chunki ingliz klubi bu mavsumda haqiqatan juda ajoyib o'yin namoyish etib kelyapti. Jamoaviy futbol, hujumlar tashkil qilish va ularni samarali yakunlash, barchasi alo darajada yo'lga qo'yilgan deyish mumkin. Buning ustiga APLdagi judayam erkin parvoz vanihoyat, ularni CHLda asosiy favoritlardan biriga aylantiradi. Jamoadagi super yulduzlarning barchasi “shalpangquloq kubok” qo'lga kiritish ishtiyoqi bilan yonayotgani bor gap. SHu sovirini yutishsa, Manchester tarixida abadiy joy olishlar aniq. Qolaversa, jamoa bosh murabbiyi ham anchadan beri ushbu sovrinni yutmaganiga ancha vaqtlar bo'ldi. Qanchalik uddalay olishadi, buyog'ini vaqt ko'rsatadi.

Myonxengladbaxliklar guruh bosqichida zo'r o'yin namoyish etib berishdi. Ular  yo'lda kimsan Milanning “Inter”ini qoldirib ketganidan xabardorsiz. Ammo undan uyog'iga qura juda omadsiz kelib, “shaharliklar”ni kuchli raqibga duchor qildi, o'tkazilgan dastlabki uchrashuvda raqiblariga qarshi hech narsa qila olishmadi. Katta ehtimol bilan gladbaxliklarning yurishi nimchorak finalda tugaydi, boshqacha scenariyni eng optimist inson ham yozolmaydi.

“CHelsi” – “Atletiko Madrid” (18.03 01:00)   

   Bu bahs shubasiz, CHempionlar Ligasi nimchorak final bahslarining haqiqiy manodagi gultojiga aylanishi kutiladi. Garchi birinchi uchrashuvda lodonliklar 1-0 hisobidagi g'alabani qayd etgan bo'lsalar-da, imkoniyatlarni deyarli teng deyish mumkin. O'ylashimcha, ikkala jamoa ham saviya borasida bir-birlariga juda yaqin. Oxirgi bellashuvlar ham shuni ko'rsatdi. “Atletiko” avvalo, hamshaharlari bo'lgan “qaymoqranglilar” bilan 1-1 hisobida durrangga imzo chekkan bo'lsa-da, o'yin tomonlama biroz ustunlikka erishdi. Jamoa derbidan keyin “Xetafe” darvozasini nishonga olishning chorasini topa olmagani biroz ajablanarli tuyuldi. SHunday bo'lsa-da, La Ligada birinchi pog'onani saqlab turibdi. CHempionlik masalasini hal qilish esa o'zining qo'lida qolyapti. Qolgan bellashuvlarda maksimal ravishda ochko jamg'arishga harakat qilishsa, oltin medalni o'ziniki qilishi mumkin. CHL masalasi biroz og'irroq “shalpangquloq” haqida xayol qilishni boshlashdan oldin “CHelsi”ni yarim yo'lda tashlab ketish kerak. Topshiriqni qanchalik eplashadi – vaqt hakam.

Tomas Tuxel yigitlari APLda qimmatli ochkolarni yo'qotib, orqadagi raqiblarini ancha o'ziga yaqinlashtirib qo'ydi. “Aristokratlar” 4-o'rinni band qilib turishgan bo'lishsa-da, “Vest Xem”, “Everton”, “Tottenxem” yoki “Liverpul” istalgan paytda quvib etishi mumkin. Har holda “Manchester  Yunayted” va “Lids” lodinliklarning muamolarini ocha oldi. APLda ham ishonchli o'ynashni boshlab yuborishmasa, kuchli to'rtlik omonatligi, ehtimol. Tezligi uncha yuqori va vaziyatlar ko'p yaratmayotgan jamoa CHL pog'onasida uzoq qolmasligini barcha yaxshi biladi. O'ylashimcha, “CHelsi”  APL orqali Evropaning eng nufuzli turniriga yo'llama olishi mumkin. Boisi “shalpangquloq”ni Londonga olib kelish biroz mushkulroq topshiriq. Nima bo'lganda ham oldinda bizni qiziqarli futbol bellashuvi kutyapti. SHu kuni maysalar ham maza qiladi, ishonavering.

“Bavariya” – “Lacio” (18.03 01:00) 

   Xayr, “Lacio”. Menimcha, shoshilayotganim yo'q. Bu “Bavariya” shunchalar “bedavo”ki Rim klubi ularni shunchaki keyingi bosqichga “oq yo'l” deb, kuzatib qo'yish uchungina Myunxenga boradi, chunki birinchi bahsda rimliklar nemis jamoasiga qarshi hech narsa taklif qila olishmadi. Aksiga olib, A Seriyadagi ishlar ham yaxshi rivojlanayotgani yo'q. Ko'p ehtimol, kelasi mavsumda Simone Inzagi shogirdlarini CHLda ko'rmaymiz. “Bavariya” esa bu yil ham asosiy davogar. Nimagadir  kubokni  myunxenliklar yoki qaysidir bosqichada ularni mag'lub eta olgan jamoa yutadi deb, o'ylayapman. Biroq, “Bavariya” haqiqatan dahshatli. So'nggi so'zim – kuzating va zavqlaning.

Maruf Abdumalikov tayyorladi.

BestMaster
16 Mart 2021, 19:15
real–, atalanta, chelsi, atletiko, boshqa, uchrashuvlar, uchun, prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Олға реал Мадрид фақат ғалаба биз сен билан
16 Mart 2021, 19:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads