"Kanonirlar" "Qirollik kulubi"ga tegishli yarim himoyachi Martin Edegorni saqlab qolmoqchi.
London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta norvegiyalikning o'yinidan mamnun. «Arsenal» «Real» bilan yarim himoyachining yana bir yillik ijarasi varianti va futbolchini sotib olish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor.
Ko'p narsa «Arsenal»ning moliyaviy holatiga bog'liq. Ta'kidlanishicha, Madrid klubi Edegorni sotish haqida o'ylashi mumkin, chunki jamoa Erling Xoland yoki Kilian Mbappeni sotib olish uchun mablag' izlamoqda.
Ma'lumot o'rnida, 22 yoshli iqtidor egasi Premer-liga doirasida 7 o'yin o'tkazib 1 gol urishga muvaffaq bo'lgan.