"Barselona" forvardi Lionel Messi "Real"ga qarshi uchrashuvda eng yaxshi natijani ko'rsatdi.
Argentinalik futbolchi raqiblarni aldab o'tishda 13 ta imkoniyatdan 9 tasida muvvoffaqiyatga erishdi. Shuningdek, u darvoza tomon 8 ta zarba berdi va 8 ta o'tkir passni amalga oshirdi. Darvoza tomon yo'llangan 8 ta zarbaning 2 tasi manzilga aniq yetib bormagan bo'lsa, 3 ta o'tkir to'p oshirishi aniq manzilga yetib bormadi.