Bu haqida Ispaniyaning "Marca" nashri xabar bermoqda.
Katta ehtimol bilan futbolchi yana jarrohlik stoliga yotadi. Belgiyalikning o'ng oyog'iga o'rnatilgan plastinani olib tashlash zarurligi aytilmoqda. Eslatib o'tamiz, u 2019 yil ECHL guruh bosqichi doirasida PSJ'ga qarshi o'yindagi jarohatdan so'ng futbolchining o'ng to'pig'iga o'rnatilgandi.
SHu tariqa, agar futbolchi jarrohlik stoliga yotadigan bo'lsa, mavsumning qolgan qismini ham maydondan tashqarida o'tkazishi mumkin.