"Real" yaqin orada yarim himoyachi Luka Modrich bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi bilan kelishuv bir yilga uzaytiriladi. Modrichning maoshi hozirgiga nisbatan 15 foizga kamaytiriladi.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli futbolchining "Real" bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakuniga etadi.
Modrich 2012 yildan buyon "Madrid" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist muallifiga aylandi.