Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema jamoada uzoq muddat qolmoqchi ekanligini bildirdi.
U 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnomasini yana uzaytirishni o'ylab ko'radi. «Shartnomam kelasi yil yakuniga etadi. Biroq rahbariyat yangi bitim taklif etsa albatta men klubda qolaman. Hozirda men dunyoning eng kuchli klubida o'ynayapman», - deydi Benzema.
Eslatib o'tamiz, Karim «Real» safiga «Lion»dan 2009 yili kelib 35 millionga kelib qo'shilgan edi.