"Real" yarim himoyachisi Eden Azarning jarohati bilan bog'liq yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, 30 yoshli futbolchi mushagida aniqlangan yangi jarohat tufayli bir oyga safdan chiqdi. Eng yaxshi holatda Azar 11 aprel kuni bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin.
Eden "Real"ga o'tganidan buyon 10 marta jarohat olib, umumiy hisobda 320 kunni maydondan tashqarida o'tkazgan.