«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 27-turidan o'rin olgan «Ueska»ga qarshi o'yinda to'liq harakat qilib, 2ta gol urdi va bitta assist muallifiga aylandi.
Argentinalik futbolchi har ikki golini jarima maydon tashqarisidan zarba berish orqali urishga muvaffaq bo'ldi. Natijada uning Ispaniya chempionatida jarima maydoni tashqarisidan kiritgan to'plari soni 85taga etdi. Bu esa rekord hisoblanadi.
2009-2018 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan Krishtianu Ronaldu esa La ligada jarima maydoni tashqarisidan 42ta gol urgan.
Shuningdek, Messi joriy mavsumda jarima maydoni tashqarisidan urgan gollari soni bo'yicha etakchilik qilmoqda — 7ta. «Real» forvardi Karim Benzema, «Vilyarreal» yarim himoyachisi Dani Parexo va «Alaves» hujumchisi Xoselu – 3tadan bunday uslubda to'p kiritishgan.