"Real Madrid" yarimhimoyachisi Garet Beyl Kardiffda bo'lib o'tadigan finalda maydonga tushish uchun maxsus tayyorgarlik o'tamoqda.
Mirror nashri bergan ma'lumotga ko'ra Beyl parxez taomlardan iste'mol qilayapdi va kuniga 6 mahal ovqatlanyapdi. "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Beylning tiklanish jarayoni yaxshi ketayotganini aytib o'tdi va finalda maydonga tushishi umid qilayotganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, uelslik futbolchi 23-aprel kuni "Barselona"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi.