"Atletiko" jamoasi murabbiyi Diego Simeone joriy yilgi La Liga musobaqasidagi kechayotgan kurash haqida fikrini bildirib o'tdi. Simeonening ta'kidlashicha, chempionatda bosim kuchaymoqda, chunki ikkita "yirtqich" ularni ta'qib qilmoqda.
"Mavsum oxirigacha yana 11ta o'yin qoldi. Odamlar "Barselona"ni o'z o'yinini topib oldi deb aytishmoqda va kataloniyaliklarni Parijda nimalar qilishganiga qarang. Ularda yangi prezident saylandi. Bu holat esa ularning o'yiniga ta'sir etishi aniq.
"Madrid" o'z o'yinlarida har doim ochko to'plashga harakat qiladi. Bizning ishimiz esa, yo'limizda ravon yurishda davom etish.
Biz hozirda jadvalda birinchi o'rindamiz va ushbu joyga ko'z tikkan ikkita "yirtqich" bor. . Bilamizki, "Real" va "Barselona" mavsum oxirigacha boshqa yutqazmaydi.