Myunxenning «Bavariya» klubi «Real» yarimhimoyachisi Federiko Valverdeni o'z safiga qo'shib olish uchun harakat qilib ko'radi.
«Qizillar» Fedening transferini yozda amalga oshirmoqchi. Biroq bu klub uchun jiddiy masalaga aylanishi mumkin. Boisi, «qirollik klubi» ham o'z navbatida eng foydali o'yinchilari qatorida turuvchi Valverdedan osonlikcha voz kechmaydi. «Bavariya» madridliklar rahbariyatiga hali rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Valverde «Real» safida 23 ta o'yinda maydonga tushib 3 gol va 1 assist muallifiga aylandi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.