Bu "Real" sardori Serxio Ramosning ligadagi 334-g'alabasi bo'ldi. Bu natijasi orqali u "qirollik klubi" sobiq sardori Iker Kasilyasdan o'tib ketib, 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Ushbu natijaga erishish uchun Ramosga 508 o'yin kifoya qildi.
LaLigada g'alabalarni qo'lga kiritish borasida rekord "Barselona" sardori Leo Messiga tegishli. Uning hisobida 377 g'alaba bor.