25 yoshli ispaniyalik futbolchiga PSJ, "Barselona" va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Ko'rshapalaklar" o'yinchi bilan xayrlashishni xohlamaydilar, ammo koronavirus tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz himoyachini sotishga majbur qilishi mumkin.
Gayya joriy mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.