Karbonero va Kasilyas qariyb 11 yil oilaviy munosabatda bo'lishdi.
"Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas jurnalist va model Sara Karbonero bilan xayrlashdi. Bu haqda sobiq futbolchi o'zining Instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.
«Sara va men o'zaro munosabatlarimizdan va bir-birimizni baxt va muhabbat bilan to'ldira olganimizdan faxrlanamiz. Bugundan boshlab bizning munosabatlarimiz ikkiga ajraladi, biroq uzoq masofalarga emas. Chunki endi biz, er-xotin sifatida mas'uloyatli vazifani bajarish, sodiq ota-ona bo'lishda davom etamiz.
Bu o'zaro kelishuv asosida qaror qabul qilishdir. Hurmat, mehr va do'stlik abadiy qoladi. Biz farovon hayot va farzandlar tarbiyasinu birinchi o'ringa qo'yamiz. Asosiysi, ular sog'lom muhitda o'sishi kerak. Biz munosabatlarimizni ommaviy ravishda muhokama qilmoqchi emasmiz. Tushunganingiz uchun katta rahmat», -deb yozgan Kasilyas.
Eslatib o'tamiz, Kasilyas Karbonero bilan 2010 yilgi jahon chempionatidan keyin uchrashishni boshlagan. Ular 2016 yilda turmush qurishgan. Hozirda, Kasilyas va Karbonero ikki o'g'ilni, etti yoshli Martin va besh yoshli Lukasni tarbiyalamoqdalar.
Avvalroq, Karbonero onkologiyaning qaytalanishi tufayli operatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.