«Valenciya» futbolchisi Xose Gaya evropa gigantlari e'tiboriga tushdi.
La Liganing «Valenciya» jamoasi himoyachisi Xose Gaya xizmatlariga Kataloniyaning «Barselona», Madridning «Real» va Parijning PSJ klublari qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi ESPN.
Yuqorida aytib o'tilgan top-klublarning skautlari himoyachining ushbu mavsumda namoyish etayotgan o'yinini kuzatib borishmoqda.
Ispan klubi esa etakchilaridan birini sotishni istamayapti, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan og'ir moliyaviy ahvol «ko'rshapalaklar»ni Gaya transferiga undamoqda.
Ma'lumot o'rnida, 2020/2021 yilgi mavsumda Xose Luis Gaya «Valensiya» bilan barcha turnirlarda 24 uchrashuv o'tkazib, 4 golli uzatma muallifiga aylangan.