«Atalanta» bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini «Real»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz Madridga sayr uchun bormaymiz. Birinchi o'yin juda og'ir kechgandi. Himoyada juda ko'p xato qildik. Agar futbolchilar soni teng bo'lganda yutishimiz mumkin edi. Biroq hozir ham bu musobaqada uzoqroqqa borishni xohlaymiz», - deydi Gasperini.
Eslatib o'tamiz, «Real» - «Atalanta» uchrashuvi 17 mart kuni bo'lib o'tadi.