«Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas xotini Sara Karbonero bilan ajrashdi. Bu haqda Ikerning ayoli xabar berdi.
«Iker ham, men ham oilamiz bilan faxrlanamiz. Uzoq yillar davomida birgalikdagi hayotimizda sevgi bizni baxtga to'ldirdi. Bugun esa biz ajrashyapmiz, ammo yuz ko'rmas bo'lib ketmaymiz. Biz sadoqatli ota-ona bo'lib qolamiz. Biz o'ylab ko'rib, birgalikda shunday qarorga keldik.
Hurmat va do'stlik hamisha biz bilan birga qoladi. Farzandlarimizning ta'limi, ularning himoyasi va kelajagi borasida birgalikda ishlash bizning asosiy vazifamiz bo'lib qoladi.
Bizning sirimizga hurmat bilan yondashishingizni so'rayman. Bu biz berishimiz mumkin bo'lgan yagona bayonot. Tushunganingiz uchun rahmat», – deya yozda Sara instagram orqali.
Kasilyas va Karbonero 2016 yilda turish qurishgandi. Bungacha ular 7 yil davomida uchrashib yurishgan. Ularning ikki farzandi bor.