Madridning «Real» klubi La Liga navbatdagi turi doirasida «Elche» bilan bahs olib boradi.
Uchrashuv oldidan «Real»ning ikki nafar etakchisi safga qaytgan. Klub matbuot xizmati Azar va Ramoslarning safga qaytganini ma'lum qilmoqda. Buni Zidan ham tasdiqladi.
«Men ularni o'yin amaliyoti bilan ta'minlamoqchiman. Boshqa ma'lumotlarni esa ochiqlash niyatim yo'q», - deydi Zidan.
Eslatib o'tamiz, «Real» - «Elche» bahsi ertaga bo'lib o'tadi.