"Real" yarimhimoyachisi Markos Llorente yaqin vaqtlar ichida "Sevilya" futbolchisiga aylanishi mumkin. Soymadridista portali xabariga ko'ra andalusiya jamoasi futbolchini ijaraga olmoqchi va o'zida 15-17 mln yevro evaziga sotib olish huquqi bilan.
Markosning jamoada qolishi yoki ketishi bosh murabbiy Zinedin Zidanga bog'liq. Eslatib o'tamiz, Llorente ortda qolgan UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogi uchrashuvlarining zahira qaydnomasidan joy olmagan edi.