Himoyachi Rafael Varan "Real"ni tark etishi mumkin. As nashrining xabariga ko'ra, shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan futbolchi ushbu mavsum oxirida klubini almashtirishi mumkin.
"Real" himoyachisi bilan bog'liq takliflarni tinglashga tayyor, agar futbolchi uni boshqa jamoaga berishni iltimos qilsa, Ispaniya klubi futbolchini 2022 - yilning yozida tekinga qo'yib yubormaslik uchun, futbolchini sotishga majbur bo'lishi mumkin.
As ta'kidlaganidek, Varanning fikri o'zgarishi mumkin emas va bu pul jihatlariga hech qanday aloqasi yo'q. Himoyachi o'zi uchun yangi ligada, ehtimol Angliya Premer-ligasida tajriba orttirishni istamoqda va faoliyatining oxirigacha Madridda qolishni istamayapti.
Hozirda frantsuz futbolchisiga "PSJ", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.