Ispaniya superkubogida “Real” g'alaba qozondi va biz yana o'yin yakunida “qaymoqranglilar” bosh murabbiysi Zinedin Zidanning ayyorona tabassumini ko'rdik. Aslida, frantsiyalik mutaxassis “Real”ni boshqaruviga olgandan beri ana shunday tabassumini yashirmagan. Xo'sh, uning bu tabassumi zamirida nimalar yashiringan. Keling, taxmin qilib ko'ramiz.
“KO'RGANING SAROB, HAMMASI, ASLIDA, BOShQAChA”
Ha, Zinedin Zidan ana shu jumlani o'ziga shior qilib olgani tayin. Boisi, Zidan kelganidan beri bitta o'yinda maydonda ikkita “Real” harakat qilmoqda. Ya'ni Zidan jamoani birinchi taymga boshqacha, ikkinchi taymga boshqacha tayyorlamoqda. Birinchi bo'limda “qirollik klubi” futbolchilari raqibni zimdan o'rganishadi, ikkinchi bo'limda esa “Real” chinakam yirtqichga aylanadi. Buni o'tgan mavsumda “Yuventus”ga qarshi EChL final bahsida ham ko'rgandik. O'shanda birinchi bo'limdagi ajoyib o'yinidan sarmast bo'lgan turinliklar ikkinchi taymda qochgani joy topa olmay qolishgandi.
“SENIMI, ShOShMAY TUR!”
Davomi