"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl yana bir mavsumni "Tottenxem" da o'tkazishi mumkin.
Football.London xabariga ko'ra, "shporlar" Beylni sotib olish yoki xuddi shu shartlar asosida ijarasini yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" Beylni yozda "Real" dan ijaraga olgan edi. Qayd etilishicha, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan uni Madrid jamoasiga qaytishini istamayapti.
Joriy mavsumda Uelslik futbolchi "Tottenxem" safida APL doirasida 11 uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 5ta gol yozdirib qo'yishga erishdi.