Madridning "Real" klubi sardori va etakchisi Serxio Ramos hujumchi Krishtianu Ronalduning 2018 - yilda "Yuventus"ga ketishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu transferdan Krishtianu ham, «Real» ham yutqazdi. Men uni qo'yib yubormas edim, chunki u dunyodagi eng zo'rlardan biri va bizning ko'proq g'alaba qozonishimizga u yordam bergan bo'lar edi. Ronalduning faoliyati Madridda davom etishi kerak edi.
Kievda bo'lib o'tgan Chempionlar Ligasi finalidan oldin shunday qaror qabul qilganini bilardik. Biz hech qachon ishonmaganmiz, u fikrini o'zgartiradi deb umid qilgandik, ammo bu uning qarori. Uni hech narsa uchun ayblash mumkin emas. U qat'iyatli o'yinchi. Bunday futbolchilar qaror qabul qilish huquqiga loyiqdirlar », - dedi Ramos.