L'Equipe xabariga ko'ra Kilian Mbappe kelajagini aniqlash uchun shartnoma bo'yicha muzokaralarda tanaffus qilishga qaror qildi.
Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilda tugaydi va "PSJ" unga yana ozroq muddatli shartnomaga imzolashni taklif qilmoqda. Frantsuz klubi Chempionlar Ligasi chorak finalidan oldin Mbappeni qaror qabul qilishini kutgan edi, ammo hozir bu holat biroz kechikadigandek tuyulmoqda.
Parijliklar Mbappe bilan shu yozgacha yangi shartnoma imzolashi talab etiladi, agarda bu amalga oshmasa kelayotgan transferlar mavsumida Kilianni sotishiga to'g'ri kelishi mumkin.
L'Equipe nashrining qo'shimcha qilishicha, "PSJ" Mbappeni 200 million evrodan kam narxda sotmoqchi emas. Qolaversa atrofida foyda olishni kutmoqda. Ammo yaqin kunlarda u bilan shartnoma imzolashga erisha olmasa, ushbu narxga sotish ehtimoli juda past.
Evropa klublari orasida, Mbappeni eng ko'p xohlayotgan jamoa "Real Madrid" hisoblanadi. Pandemiya sabab, madridliklar "PSJ"ga 200 million evro to'lab berishga shubha bor, deyiladi nashrda