Jurnalist Xose Luis Sanchesning xabar berishicha, Ramos nafaqat o'zi haqidagi hujjatli filmni muhokama qiladi, balki klubdagi kelajagi haqida ham bayonot beradi. Manbaga ko'ra, Ramos Madrid klubida qolish istagini aytadi.
Ramosning klub bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum oxirida o'z yakuniga etadi va shu tufayli 34 yoshli himoyachining boshqa jamoaga o'tishi haqidagi gap-so'zlar ko'paymoqda.
Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum "qaymoqranglilar" libosida 18 o'yinda maydonga tushib, 3+1 natija ko'rsatdi.