Kechadan Chempinlar Ligasining nimchorak final javob uchrashuvlari boshlandi. Mazkur bosqichdagi uchrashuvlar bugun ham davom ettiriladi. Shu munosabat bilan, hozir biz sizlarga ushbu musobaqa bilan bog'liq 20ta qiziqarli ma'lumotni beramiz.
20. Chempionlar Ligasida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha rekordchi - Kasilyas. Madridning "Real" jamoasisi tarkibida afsonaviy ispaniyalik futbolchi chempionatning 181 uchrashuvini o'tkazdi.
19. Chempionlar Ligasidagi eng yosh debyutant futbolchi - Selestin Babayaro ("Anderlext"). Ushbu nigeriyalik futbolchi 1994 - yilda 16 yosh-u, 87 kunlik paytida ilk marta Chempionlar Ligasi madhiyasi ostida maydonga tushgan. Yana qiziqarli ma'lumot, Babayaro debyut o'yinining 37-daqiqasida maydondan chetlatilgan.
18. Chempionlar Ligasi tarixidagi eng tezkor chetlatish 2015 - yil 11 - martda bo'lib o'tgan. "Bavariya" va "Shaxtyor" uchrashuvida, "konchilar" himoyachisi Oleksandr Kucher 3-daqiqada maydondan chetlatilgan. Natijada Donetsk jamoasi 7:0 hisobida yutqazgan va musobaqadan chiqib ketgan.
17. UEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi eng tezkor gol 2007- yilning 7 - mayida "Bavariya" hujumchisi Roy Makay tomonidan urilgan. 1/8 finalda "Real"ga qarshi uchrashuvning boshlangani haqidagi hushtak chalingandan so'ng, 11 - soniya o'tayotgan paytda gollandiyalik futtbolchi uchrashuvdagi hisobni ochishga erishgan.
16. Paolo Maldini Chempionlar Ligasining eng keksa sardori hisoblanadi. 2008 - yil fevral oyida futbolchi 39 yoshu 239 kunligida Liga o'yinida sardorlik bog'ichi bilan chiqib, ushbu rekordini o'rnatgan.
15. Zamonaviy Chempionlar Ligasining madhiyasi 1992 - yilda paydo bo'lgan. Ruhoniy Zadokning aranjirovkasini Georg Frideris Xandel va Toni Britten ijro etgan. Liga madhiyasi UEFAning uchta rasmiy tilida - ingliz, frantsuz va nemis tillarida ijro etiladi.
14. Turnirning tarixidagi eng ko'p tomoshabin tashrif buyurgan uchrashuv, 1960 - yilda qayd etilgan. Glazgoda bo'lib o'tgan finalda "Real" va "Ayntraxt" Frankfurt jamoalari to'qnash kelishdi. Stadionga 127 621 nafar muxlis tashrif buyurgan.
13. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasidagi xet-triklar soni bo'yicha mutlaq etakchilardir. Ularning hisobida 8tadan xet-trik mavjud. Ha, ular bu musobaqada ham qirol.
12. Chempionlar Ligasining eng ko'p sovrin qo'lga kiritgan murabbiylari Bob Paisli ("Liverpul") va Karlo Anchelotti hisoblanadi. Paislidan farqli o'laroq, Anchelotti Chempionlar Ligasida ikki klub - "Milan" va "Real" jamoalari bilan musobaqada g'olib chiqqan.
11. Bir mavsumning o'zida eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Krishtianu Ronaldudir. 2013/2014 - yilgi mavsumda portugaliyalik 17ta gol urib, Ferens Pushkash va Lionel Messining rekordini (14 gol) yangilagan.
10. Turnirning butun tarixida bitta mamlakat vakillari atigi 6 marta finalda to'qnash kelishgan. Bu birinchi marta 2000 - yilda, "Real" va "Valensiya" to'qnash kelganida sodir bo'lgan. 2003 - yilda "Milan" va "Yuventus", 2008 - yilda - "Manchester Yunayted" va "Chelsi", 2013 - yilda - "Borussiya Dortmund" va "Bavariya", 2014 - yilda - "Real" va "Atletiko", 2019 - yilda "Liverpul" va "Tottenxem" kabi bir mamlakat jamoalari finalda, bosh sovrin uchun kurash olib borishgan.
9. Shakli va ayniqsa tutqichlari tufayli turnirning asosiy kubogi "katta quloqlar", yoki "shalpangquloq kubok" deb ham ataladi.
8. Turnirdagi eng yirik g'alabasini Buxarestning "Dinamo" futbolchilari qo'lga kiritishgan. 1973 - yilda ruminlar Shimoliy Irlandiya futbolchilari darvozasiga javobsiz 11ta gol urishgan.
7. Chempionlar Ligasi finalidagi mag'lubiyatlar soni bo'yicha rekordchi - Turinning "Yuventus" klubi. Italiyaliklar turnir finalida 8 marta maydonga tushishdi, ammo atigi ikki marta g'alabani nishonlashgan.
6. Chempionlar ligasi kubogi - jamoalar o'rtasida almashinib yuradigan mukofot hisoblanadi. G'olib jamoa kubokni 10 oy davomida sovrinlar javonida saqalab yuradi. Turnirda 5 marta yoki ketma-ket 3 marta g'alaba qozongan jamoa kubokni abadiy saqlash huquqiga ega. Chempionlar Ligasining 2ta kubogiga ega bo'lgan yagona jamoa bu "Real Madrid".
5. Chempionlar Ligasi eng yaxshi to'purarlari bu bizning zamonamizning eng buyuk futbolchisi - Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobiga 115ta gol mavjud. Taqqoslash uchun, "Barselona" jamoasi hujumchisi Leo Messi hisobida 119 gol bor.
4. Chempionlar Ligasining eng titulli klubi - Real Madrid. Chempionlar Ligasining 13ta kubogi medallari "qaymoqranglilar" muzeyidan joy olgan.
3. Musobaqa tarixi davomida 10 mamlakat vakillari Chempionlar Ligasi kubogida g'alaba qozonishgan. Ular orasida hozirda bo'linib ketgan Yugoslaviya davlati ham bor. 1991 - yilda "Red Star" jamoasi Chempionlar kubogini qo'lga kiritgan.
2. Mazkur musobaqa tarixidagi eng ajoyib finali 2005 - yilda Istanbulda bo'lib o'tgan. Turnirning hal qiluvchi o'yinida Italiyaning "Milan" va Angliyaning "Liverpul" klublari to'qnash kelishdi. Birinchi bo'limdan keyin 3:0 hisobi italiyaliklar jamoasi foydasiga hal bo'layotgandi. Ammo ikkinchi bo'limda inglizlar ajoyib qaytishni amalga oshirib, "mersisaydlar" darvozasiga 3ta gol urib kambek amalga oshirishni uddalashgan. Penaltilar seriyasigacha davom etgan ushbu finalda, omad "Liverpul" jamoasiga kulib boqqan.
1. Chempionlar ligasi turniri 1992 - yilda yangi formatda tashkil etilgan. Bungacha, 1955 - yildan beri Chempionlar kubogi deb atalib kelgan. 1990-yillarning boshlarida turnirning ommaviyligini oshirish va daromadni ko'paytirish maqsadida UEFA Chempionlar kubogini Chempionlar Ligasiga aylantirish haqida qaror qabul qilingan.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi