O'tgan haftada Roxer Ibanes bilan yangi bitim tuzilgani borasida elon qilingan edi. SHu bilan birga o'ng qanot himoyachisi Rik Karsdorp ham yaqin kunlarda shartnoma oladi.
SHundan so'ng "bo'rilar" shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yarim himoyachi Lorenco Pellegriniga etiborlarini qaratishadi, italiyalik futbolchining o'zi Rimda qolish xohishini bildirgan.
Tomonlar yangi bitim tafsilotlarini mavsum so'nggida muhokama qilishga kelishib olishdi. Hozirgi 2,5 million maosh yuqorilashi kutilmoqda.