Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Serxio Ramos hamda hujumchi Eden Azarlar guruhning umumiy mashg'ulot bazasiga kelib qo'shildi.
Bu haqda Marca xabar beradi. Har ikki futbolchining ham La Liga navbatdagi turigacha to'liq tiklanishi kutilyapti. Ular «Elche»ga qarshi bahsda (13 mart) ishtirok etishlari mumkin. Biroq Zidanning rejasiga ko'ra Ramos hamda Azar «Atalanta»ga qarshi uchrashuvga (18 mart) qaytishi kerak.
Eslatib o'tamiz, bundan oldinroq «Real»ning Varanni yozda sotishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.