Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning super avtomobillari haqida bilasizmi? (fotomaqola)

Hozir biz sizlar bilan portugaliyalik superyulduz Ronalduning mashinalar garajiga sayohat qilamiz.

.
- Yuklab olish

2015 - yilda suratga olingan "Ronaldu" deb nomlangan filmidan bir sahna tasvirlangan. unda shunday lavha mavjud. Krishtianu va uning o'g'li garajga kirishadi. Ronaldu esa o'g'lidan qaysi mashina etishmayotganini haqida so'raydi. Kichik Ronaldu hayron bo'lib Range "Rover? Yo'q, yo'q, Porsche?" - deb javob beradi. Keyin ishonch bilan bu Rolls-Royce ekanligini aytadi. Otasidan ishora qilinganidan so'ng, bola g'ildirakni almashtirish uchun olib qo'yilgan Lomborjini haqida gap ketayotganini tushunadi.
Portugalya terma jamoasi va Italiyaning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning avtoparki xuddi Gollivud filmlaridagi milliarderlar kollektsiyasini eslatadi. Uning garajida sport avtomobillari premium avtomobillar va noyob Lombarjinilari mavjud. Hozir biz sizlar bilan portugaliyalik superyulduz Ronalduning mashinalar garajiga sayohat qilamiz.

Mercedes-Benz C-Class Sport Coupe 

Krishtianu Ronaldu avtokollektsiyasidagi birinchi mashina 2004-yilda, portugaliyalik yulduz 19 yosh bo'lganida sotib olgan. O'sha paytga kelib, futbolchi "Manchester Yunayted" bilan allaqachon shartnoma imzolagan va shuningdek, Portugaliya terma jamoasida ajoyib o'yinlar ko'rsatishini isbotlagan va terma jamoa bilan Evropa chempionati finaliga chiqqan. Shunday qilib, Ronaldu uchun avtomobil uchun taxminan 23 ming evro to'lashga majbur bo'lgan.

Mercedes-Benz C220 CDI 


Xuddi shu yili, Ronaldu Angliya Premer-ligasidagi birinchi mavsumidan so'ng, yana bitta Mercedes sotib oldi. Krishtianu kollektsiyasidagi ikkinchi xorijiy mashina portugaliyalikka 29 ming evroga tushgan.

BMW M6


Mazkur mashinaning maksimal tezligi soatiga - 330 kmni, narxi esa 94 ming evroni tashkil qiladi. Ronaldu 2008-yilda tez-tez ko'tarinki ruhda M6 avtoulovini Manchester ko'chalarida haydab yurardi.

Bentley Continental GTC 


Qimmatbaho va ko'rkam bo'lgan bu mashinani Krishtianu 2007-yilda xarid qildi. Mazkur mashinani Ronaldu 2009-yilgacha haydab yurdi, keyin esa "Real Mardrid" bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga uchib ketdi. "Qaymoqranglilar" safiga qo'shilishidan oldin, futbolchilar orasida mashhur Bentleyni sotilishi Ronalduga 115 ming evro olib keldi, mashinani sotib olish esa o'yinchiga 170 mingga tushgandi.

Porsche Cayenne 


Bu mashina juda arzon atigi 80 ming evro va ochig'ini aytganda, futbolchi avtoparkidagi eng eksklyuziv eksponat emas. Ammo, bunday mashinada nafaqat Ronaldu bor, balki ko'pgina futbolchilar mazkur mashinadan foydalanishadi.

Ferrari 599 GTB Fiorano

 
Ronaldu qizil sport avtomobilini Moskvadagi Chempionlar Ligasi finalida g'alaba qozonganidan ko'p o'tmay sotib oldi, ammo olti oy o'tgach, uni Manchester tunnellaridan birida avtohalokatga uchradi. Ikkinchi marta hech o'ylamasdan, almashtirish uchun shunga o'xshash modelni sotib oldi. Portugaliyaliklarning ikkala sotib olgan mashinasining qiymati 360 ming funtga baholangan.

Audi Q7 de

 
Bu mashina Ronalduning kollektsiyasidagi eng hashamatli mashinalaridan biri hisoblanadi. Aynan mazkur superkar Krishtianuning 2008-yilgi Oltin to'p marosimidan oldin ommaga namoyish etildi.


Ferrari F430 de


2009-yilda Ronaldu ikkinchi Ferrari avtomobilini sotib oldi. Mazkur mashinaning tezligi soatiga 315 km tezlikni tashkil etadi. Krishtianu ushbu mashinani sotib olish uchun avtosalonga 217 ming evroni to'lab berishga majbur bo'lgan.

Bentley Continental GT Speed  de 

2009-yilda, quvvati 610 ot kuchiga ega bo'lgan Bentley uchun. Ronaldu 159 ming evro to'lagan.

 

Porsche 911 Carrera S Cabriolet de


Ronaldu Madrid ko'chalarida harakatlanayotganda mazkur mashinadan foydalangan. Portugaliyalik mazkur mashinani Manchesterdan, Madridga ko'chib o'tgandan so'ng, sotib olgan.

Aston Martin DB9


Ronaldu "Manchester Yunayted" futbolchisi bo'lganida ajoyib oq Aston Martinni sotib olgan. 135 ming evroni - Krishtianu bir hafta ichida mashina sotib olish uchun pul ishlab topgan.


Koenigsegg CCX 11

"Yuventus" futbolchisi kollektsiyasidagi eng tezkor modellardan biri. Sportkarning maksimal tezligi 402 km / soat, narxi esa 391 ming evroni tashkil etadi.

 

Audi R8 ,  Audi RS6,  Audi RS6 Avant 


2009-yilda "Real" va "Audi" o'rtasida shartnoma imzolanganligidan keyin, Krishtianu Ronalduning shaxsiy garaji vaqti-vaqti bilan mashhur nemis brendining mashinalari bilan to'ldirilib turishi ajablanarli emas. Aytgancha, Ronaldu ulardagi raqamlarni alohida-alohida 0 va 7 raqamlarini, shuningdek harflarini o'zining bosh harflari tartibida buyurtma qildi.


Maserati GranCabrio


Ronaldu Masserati kabrioletini sotib olganida, mashinani sotib olish haqidagi xabar darhol Ispaniya matbuotiga tarqaldi: Avval Krishtianu reklamani suratga olish paytida mashinani ko'rgan, u avtomobilni shu qadar yoqtirganki, keyin futbolchi superkar uchun pul to'lagan. Buning uchun 150 ming evrodan ko'proq pul sarflagan.

Bugatti Veyron


Qizig'i shundaki, Bugatti haqida gap ketganda, barchasi 2008-yilda "Manchester Yunayted" yulduz futbolchisi reaktiv avtomobili bilan tezlikda raqobatlashadigan reklamadan so'ng boshlandi. Biroz vaqt o'tdi va bu temir ot Ronalduning garajidan joy olgan.

Ferrari 599 GTO


Ushbu maxsus Ferrari modeli cheklangan sonda chiqarilgan. Albatta, ulardan biri bir zumda "Real Madrid" futbolchisining ixtiyorida bo'lgan.

Rolls-Royce Phantom Drophead

 

David Bekxem haydashni yaxshi ko'rgan mashina tez orada Krishtianu Ronalduning avtomobillar kollektsiyasidan joy olgan. Uning narxi 410 ming evroga baholangan.


Lamborghini Aventador LP 700-4


27 yoshga to'lgan kunida Ronaldu yana to'rt g'ildirakli sovg'ani tanladi va qora sport avtomobili sotib oldi. Krishtianu bu borada Madrid atrofida unchalik ko'p haydamas edi. Umuman olganda, qimmatbaho xaridni reklama qilmoqchi emas edi, ammo portugaliyalik jurnalistlar tomonidan futbolchini garajda olingan surat tezda ispan matbuotida namoyish etilgan.

 


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

BestMaster
8 Mart 2021, 22:30
ronalduning, super, avtomobillari, haqida, bilasizmi?, fotomaqola,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Зур
9 Mart 2021, 10:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads