Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Rafael Varanning yozda jamoani tark etish ehtimoli yo'q emas.
U rahbariyat bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Agar frantsuz qisqa muddat ichida bir qarorga kela olmasa «qirollik klubi» iqtisodiy tanqislik tufayli uni sotib yuborishga tayyor.
Ya'ni uning taqdiri ayni paytda futbolchining o'ziga bog'liq. U «Real»da qolish uchun amaldagi bitimni uzaytirishi va kam miqdordagi maoshga ko'nishi talab etiladi.
Hozircha Varanni o'z safiga qo'shib olish uchun «MYu» kurash olib bormoqda.