«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya superkubogi doirasida «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:3) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz biror marta ham o'yindan tushib qolmadik. Hisob 1:1 bo'lib turganida mo'jiza-gol o'tkazib yubordik, keyin yana bitta. Shundan vaziyatlar bo'ldiki, ulardan foydalanganimizda 2:1 hisobida oldinga chiqib olardik. Lekin bu futbol, vaziyatlarni nafaqat yaratish kerak, balki ulardan foydalanish ham kerak.
Umuman olganda, bu tengma-teng o'yin bo'ldi, har ikkala jamoa yaxshi o'ynadi. Har bir jamoaning o'z o'yin uslubi bor. «Real» qarshi hujumlarda xavfli vaziyat yaratdi. Raqibimiz bo'sh hududlardan samarali foydalandi. "Real"ning ikkinchi goli shuning oqibatida darvozamizdan o'rin oldi.
Ammo men salbiy oqibatlardan qo'rqmayman. Biz mag'lub bo'ldik, ammo yomon natijaga qaramay oldinga intilishimiz kerak. Tabiiyki, endi "Real" favoritga aylandi. Ammo hali hammasi oldinda. Javob o'yinida mag'lubiyat yoki g'alaba hech narsani hal qilmaydi», — dedi Valverde.