«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl Chempionlar ligasidan o'rin olgan «Yuventus» klubiga qarshi o'yinda maydonga tushish uchun barcha ishga tayyor.
Mirror xabariga ko'ra, jarohatlangan futbolchi maxsus parhez orqali kuniga 6 marta ovqatlanyapti va bu bilan o'yingacha tiklanib olishga harakat qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Beyl 23 aprel kuni Primera 33-turidan o'rin olgan «Barselona»ga (2:3) qarshi o'yinda jarohat olgan edi.
EChL finalidan o'rin olgan «Real» - «Yuventus» o'yini 3 iyun kuni Kardiffda o'tkaziladi.