2014 yilda Ispaniya kubogi doirasidagi “Barselona” – “Real Madrid” uchrashuvini eslasangiz kerak. Eslolmasangiz aytaman, Garet Beyl va Mark Bartra “poygasi”. 2018 yil ECHL finali – “Real Madrid” – “Liverpul”. Zaxiradan maydonga tushgan uelslik Beylning dastlabki goli, Krishtianu Ronalduning o'zgacha nigohi.
Garet Beyl “Real Madrid”da o'ziga xos o'yin ko'rsatdi. Jamoaning etakchisiga aylana olgan vaqtlar ham bo'ldi. Biroq jarohatlar uni safdan chiqaverishiga sabab bo'ldi. Hozir u “Tottenxem”da. Bu erda ishlari o'zi gullagan davrlardek emas, lekin yomon ham deb bo'lmaydi. Bugun biz aynan Beyl haqida yozishga qaror qildik.
Garet Beyl – kim o'zi u?
Qahramonimiz 1989 yilning 16 iyul kuni Uelsning Kardiff shahrida tavallud topgan. Garet “Kardiff Siti”ning sobiq futbolchisi Kris Paykning jiyani. U Kardiffdagi Whitchurch o'rta maktabida tahsil olgan.
Klublardagi faoliyati haqida
Futbolchi 2006 yilda “Sautgempton” azosiga aylangan edi. O'sha yilning 27 aprel kuni Beyl “Milluol”ga qarshi o'yinda jamoadagi ilk bor maydonga tushgan edi. O'sha vaqtda u 16 yosh-u 275 kunlik edi. Ushbu natijasi bilan Teo Uolkottdan keyin “Sautgempton” tarkibida maydonga tushgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi (Uolkott 16 yosh 132 kunligida maydonga tushgan). 6 avgust kuni futbolchi “Derbi Kaunti”ga qarshi o'yinda o'zining dastlabki golini urgan edi. 2006 yilning dekabr oyida Beyl Uelsning eng yaxshi sportchisi uchun beriladigan Karvin Jeyms mukofotiga sazovor bo'ldi.
2007 yilning 25 may kuni Beyl “Tottenxem” bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Uning uchun klub boshlanishiga 5 million funt to'ladi. U “Tottenxem” safidagi dastlabki o'yinini 26 avgust kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yinda o'tkazdi. 1 sentyabr kuni “Fulhem”ga qarshi bahsda esa birinchi golini urdi. 2007 yilning 2 dekabr kuni Garet Beyl “Birmingem” bilan bo'lgan o'yinda jarohat oldi, 11 dekabrda esa jarrohlik operaciyasini o'tkazdi. 2008 yilning avvalida Beyl mavsumning qolgan qismini jarohat sabab o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi.
2008 yilning avgust oyida esa Beyl mashg'ulotlarga qaytdi. O'sha maysumda u “Tottenxem” safida barcha musobaqalarda 30 uchrashuvda maydonga tushdi.
Beylni barcha tanigan uchrashuv
2010/11 yilgi ECHL doirasidagi uchrashuv. 2010 yilning 20 oktyabr kuni “Tottenxem” Italiyada Milanning “Inter”iga qarshi o'yin o'tkazishi kerak. Bahsning 35-daqiqasiga kelib milanliklar 4:0 hisobida oldinga o'tib olishdi. Achinarlisi “Tottenxem” o'yinda 1 kishi kam bo'lib qolgan. SHunda Garet Beyl katta sahnaga chiqdi. O'yinning 52, 90 va 90+1 daqiqalarida gollar urib, xet-trik qayd etdi. Ha, jamoasi ochkosiz qoldi, biroq o'sha uchrashuvdan keyin Garet Beyl nomi barchaga malum bo'ldi.
Futbolchi 2012/13 yilgi mavsumni sermahsul o'tkazdi. Mavsum oxirida esa Beylning “sovchilari” anchagina ko'payib qoldi. 2013 yilning 1 sentyabr kuni “Real Madrid” Garetning transferini elon qildi. Futbolchi klub bilan 6 yillik shartnomaga imzo chekdi. Matbuotlar transfer narxi xususida ko'p bahs-munozaralar bo'ldi. Ispaniya matbuoti Beyl “Real” uchun 91 million evroga tushganini takidlagan bo'lsa, Britaniya matbuoti ushbu transfer 100 million evro bo'lganini keltirdi. 2016 yilning yanvar oyida esa ushbu transferga oid hujjatlar ommaga chiqarildi va unda 100,8 million evro deb ko'rsatilgan edi. U o'sha vaqtdagi jahonning eng katta transferi deya tan olingandi, biroq aynan 2016 yilda Pol Pogbaning “Manchester Yunayted”ga o'tishi bu transferni ortda qoldirdi (105 million evro).
Garet Beyl 11-raqam ostida harakat qila boshladi. O'zining dastlabki golini “Vilyarreal” darvozasiga kiritdi. Uning dastlabki mavsumining o'ziyoq anchagina jarohatlarga boy bo'ldi.
Beyl uchun eng yaxshi gol bo'lgan, Bartra hamon eslasa og'rinadigan o'yin
2014 yilning 16 aprel kuni. Ispaniya kubogi final uchrashuviga “Real Madrid” va “Barselona” jamoalari etib kelishgan. O'yinning 11-daqiqasida Anxel Di Mariya, 68 daqiqasida esa Mark Bartra gol urgan. 85-daqiqagacha 1:1 hisobida kechayotgan edi o'yin. CHap qanotdan “Real Madrid” hujumga o'tmoqda. Xose Koentrau to'pni Beylga uzatdi. Beyl esa to'pni oldinga yumalatdi-yu go'yo tezlikda “Barselona”ning sobiq himoyachisi Mark Bartradan orqada qolib ketayotgandek edi. Ammo bir urinishda undan o'zib ketdi va to'pni Xose Pinto qo'riqlayotgan darvozaga kiritdi. Bu gol Beyl uchun yagona va hech qachon takrorlanmas bo'lib qoldi. O'yindan so'ng Xabi Alonso ushbu gol haqida “Bu aql bovar qilmas narsa edi, men hech qachon bunaqasini ko'rmaganman” – deya aytib o'tgan edi.
Beyl kelganidan so'ng “Real Madrid” hujum chizig'ida BBC – Benzema, Beyl, Krishtianu (Cristiano) Ronaldu uchligi yig'ildi. Ushbu uchlik ishtirokida 2014, 2016, 2017, 2018 yillari CHempionlar ligasi sovrini qo'lga kiritildi. Ayniqsa, 2018 yilgi final o'ziga xos bo'lgan edi. “Liverpul” bilan bo'lgan uchrashuvda ham Garet Beylning o'zi katta sahnaga chiqqan edi. O'zining o'sha mashhur goli hamon yodimizda bo'lsa kerak. Ronalduning nigohi ham bir ajoyib bo'lgan.
O'sha vaqtda ham, keyinroq ham Beylda bir qator muammolar, jumladan jarohat uni qiynab keldi. Uning “Real Madrid”dan ketishi haqida gap-so'zlar ko'paydi. 2020 yilning 19 sentyabr kuni Beyl “Tottenxem”ga qaytdi. Qaytganidan keyingi ilk golini 1 noyabr kuni “Brayton”ga qarshi o'yinda kiritdi.
Terma jamoadagi faoliyati haqida
Garet Beyl ilk bor jamoaga 2006 yilning 27 may kuni bo'lib o'tgan “Trinidad Tobago”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga chaqirilgan edi. Futbolchi terma jamoasi bilan birgalikda bir qator katta musobaqalarda ishtirok etdi. Ulardan eng esda qolarligi shubxasiz 2016 yilda bo'lib o'tgan Evro-2016 musobaqasi edi. Uels termasi o'shanda yarim finalga qadar etib borishga muvaffaq bo'ldi.
Og'abek Samisov tayyorladi