"Real" hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida bo'lib o'tgan "Atletiko"ga qarshi o'yin (1:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Frantsiyalik futbolchi bahsning 88-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga durang keltirdi.
"Nazarimda, biz yaxshi o'yin namoyish etdik. Raqibimiz kuchli edi, bugun bizga qiyin bo'ldi. Birinchi bo'limda, o'ylashimcha, raqib kuchliroq bo'ldi. Ikkinchi taymda esa biz ustunlikka erishdik. "Real" uchun bu yaxshi natija.
Ha, gol urdim, ammo ikki daqiqa avval gol ura olmaganimdan ranjidim. "Atletiko" posboni ikkita seyv namoyish etdi.
Biz yanada ko'proq gol urishimiz mumkin. Chunki, etarli vaziyatlar yaratyapmiz", – dedi Benzema.