Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Atletiko» bilan bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hakamlarning qaroriga e'tirozim yo'q. Barcha hukmlar chuqur tahlil qilinib chiqarilganiga ishonaman. Futbolchilarimning fikricha bu penalti edi, "VAR" bo'yicha esa yo'q. Qolgan fikrlar hech narsani o'zgartira olmaydi.
Birinchi bo'limni to'liq "Atletiko" ustunligida o'tdi desa ham bo'laveradi. Ular tanaffusga g'olib tarzda chiqib ketishga haqli edi. Biroq, ikkinchi bo'limda endi biz nazoratni qo'lga oldik. Menimcha, yakunda adolatli hisob qayd etildi. Chempionlik uchun oxirigacha kurashamiz», - deydi Zidan.
Eslatib o'tamiz, «Real» navbatdagi turda «Elche» bilan bahs olib boradi.