«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya superkubogi doirasida «Barselona»ga qarshi o'yinda (3:1) hakamni turtgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
32 yoshli portugaliyalik futbolchi ikkinchi sariq kartochkani, ketidan qizil kartochkani olganidan keyin u bosh hakam Rikardo Bengoecheani ortidan turtdi. Hakam ushbu vaziyatni uchrashuv qaydnomasiga kiritdi: «Chetlatishdan keyin o'yinchi norozilik sifatida engil turtdi», – deya aks ettirdi hisobotda.
Ispaniya futbol federatsiyasi reglamentiga ko'ra, hakamni turtgani uchun futbolchi 4ta o'yindan 12ta o'yinga cha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Agar diskvalifikatsiya kamida 5ta o'yindan iborat bo'lsa, u Ispaniyadagi barcha musobaqalar, jumladan, La ligaga tadbiq qilinadi.
4ta o'yindan iborat diskvalifikatsiya esa faqat Ispaniya superkubogiga tegishli bo'ladi.